Bugun FarDUda Falsafa va milliy g'oya kafedrasi tomonidan «YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASINI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirning kirish qismida FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z nutqida anjuman mavzusi dolzarbligini ta'kidlar ekan, falsafa fanlar otasi sifatida g'oyalar mushohadasi, jamiyatni birashtiruvchi ilm ekanligini e'tirof etdi. Tarixda shuhrat qozongan qomusiy allomalarimiz nega aynan falsafa ilmini tadqiq etganliklari, mafkuraning qudrati xususida to'xtalib o'tdi.Muhtaram Prezidentimizning Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Kengashida so'zlagan nutqi mohiyatida ham yoshlar mafkurasi, Yangi O'zbekiston falsafasi mohiyati mavjudligini ta'kidladi.
Xalqaro anjumanda ishtirok etayotgan Osh davlat universiteti Falsafa va siyosatshunoslik kafedrasi mudiri, t.f.n.,professor K.A.Isakov Osh davlat universiteti rektori va jamoasining FarDU rektoriga tabrigi va do'stlik sovg'asini tantanali ravishda topshirdi.
Anjumanda ma'ruzachilarning
“Yusuf Bolasog'uniyning "Qutadg'u bilig" dostoni davlat boshqaruvining ideal shaklidir", "Проблемы передачи освоения подрастающим поколением традиционных ценностейв условиях неоглобализации", “O'zbek falsafasi va uning shakllanish tarixi”, "Yangi O'zbekiston strategiyasini amaliyotga joriy etishda falsafa fanining o'rni", "Tasavvuf g'oyalarining ma'naviy va siyosiy taraqqiyotdagi ahamiyati", "Kitobxonlik-marifiy taraqqiyot omili sifatida","IX-X asrlarda Samarqandda ijtimoiy-ma'naviy muhit va unda Hakim Samarqandiyning tutgan o'rni", “Yangi O'zbekiston ma’naviy taraqqiyotida ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning o'rni”
" Yangi O'zbekiston strategiyasida kitobxonlikni rivojlantirish masalasining aks etishi" kabi dolzarb ma'ruzalari tinglab borildi.