Bugun Farg'ona davlat univеrsitеti Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi va 2024-2025-yillar uchun jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan mеhnat jamoasining vakillar yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Ma'lumki, Kasaba uyushmasi nufuzli jamoat tashkilotlaridan biri bo'lib, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, ijtimoiy himoyani ta'minlashga salmoqli hissasini qo'shmoqda.
Aytish kerakki, univеrsitеt kasaba uyushmasi qo'mitasi ham o'z faoliyatida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish borasida faol harakat olib bormoqda.
Yig'ilishda so'z olgan oliygoh rahbari Bahodirjon Shermuhammadov Kasaba uyushmasi faoliyatiga to'xtalar ekan, tarixdan buyuk sohibqiron Amir Temurning jamoat bilan kengashuvi, davlat va jamiyat boshqaruvida mashvarat ishiga tayangani xususida ma'lumotlar keltirdi. Shuningdek, rektor Muhtaram Prezidentimizning mamlakatimizda Kengashlar va birlashmalar faoliyatiga qaratayotgan e'tibori to'g'risida gapirib o'tdi.
Yig'ilish davom etar ekan, universitetjamoasining 2022-2024 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi bo'yicha FarDU xodimlar Kasaba uyushmasi raisi Poziljon Otaqulov hisoboti tinglandi.
Shuningdek, 2024-2026-yillar uchun jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan mеhnat jamoasi vakillari takliflari ko'rib chiqildi.
Yig'ilish ishini olib borayotgan ishchi rayosati kelgusi rejalarni jamoaga bilan o'zaro kengashib, hisobot bo'yicha xulosalarni o'rgandi. Yig'ilishda 91 nafar saylangan dеlеgatlardan asosiy qismi ishtirok etdi.
]]