Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUning San'atshunoslik fakultetida "San'at haftaligi" bo‘lib o‘tmoqda

15:06, 02.04.2024      



Hozirgi globallashuv davrida millatning o‘ziga xos qiyofasini saqlab qolish, uni dunyo madaniy jamoatchiligiga ko‘rsata bilishda xalq ma’daniyati va san’ati beqiyos o‘rin tutadi. Qolaversa, amaliy san’at o‘tmishdagi go‘zal qadriyatlarni kelajak avlodga bezavol yetkazadi, mamlakatning moddiy va ma’naviy farovonligiga xizmat qiladi.

Farg‘ona davlat universitetining San'atshunoslik fakultetida davom etayotgan "San'at haftaligi" tadbirlari doirasida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Hakimov Akbar Abdullayevich bilan tasviriy san'at yo‘nalishi talabalari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Akademik A. Hakimov talaba-yoshlarga o‘z hayot yo'li va ijodiy faoliyati to'g'risida batafsil gapirib berdi.

Uchrashuv jonli muloqotga boy o'tdi va ustozning tajribamaktabi, mahorati yosh san'atshunoslar uchun hayotiy ibrat bo'ldi.