FarDU talaba-yoshlari o‘rtasida 3 bosqichli "Prezident asarlari bilimdoni" tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning birinchi guruh bosqichida 8000 nafardan ortiq talabalar, ikkinchi fakultet bosqichida 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Bugun bo'lib o'tgan yakuniy bosqichda 13 nafar fakultetlar g‘oliblari qatnashdilar.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni Tarix fakulteti, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi O‘.Abduqahhorova,
2-o‘rinni Chet tillari fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi N.Rafiqova,
3-o‘rinni Filologiya fakulteti, o‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich D.Mamasoliyeva,
hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 1-bosqich talabasi M.Xasanboyevalar egalladi.