Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 299
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi

15:10, 16.04.2024      



2024yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumida Farg'ona davlat universiteti hamda Tojikistonning nufuzli oliygohlari o'rtasida bir qator hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Jumladan, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti hamda Farg'ona davlat universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanib,

o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va magistrantlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish o'quv va amaliy mashg'ulotlar uchun talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish;

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va hammualliflikda nashr etish;

mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda (Scopus va Web of Science) birgalikdagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish kabi masalalar kelishib olindi.

Farg'ona davlat universiteti va akademik Bobojon G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti o'rtasida ham hamkorlik shartnomasi imzolandi.

O'zaro bitimda ikki tomonlama o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ikki oliygoh olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

FarDUning navbatdagi hamkorlik shartnomasi Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston madaniyat va sanʼat instituti bilan tuzildi.

Forumning yalpi majlis yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 50 dan ziyod bitim, anglashuv memorandumlari tuzilar ekan, FarDU hamda Tojikiston huquq, biznes va siyosat universiteti o'rtasida ham hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda va Farg'ona davlat universitetining xalqaro aloqalar doirasini yanada kengaytirishga intilayotgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov endilikda Tojikiston Milliy universiteti bilan yangi kelishuvni imzoladi.

Xalqaro anjuman yalpi yig‘ilishida Farg'ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokchilarga “O‘ZBEKISTON VA TOJIKISTON QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI ISTIQBOLLARI: Farg‘ona davlat universiteti misolida” mavzusida o'z ma’ruzasini taqdim etdi.