Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Xalqaro hamkorlik

15:13, 17.04.2024      

Qozog‘iston Respublikasi Yevrosiyo milliy universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetlari xalqaro hamkorligi doirasida tuzilgan memorandum asosida Yevrosiyo milliy universiteti axborot texnologiyalari fakulteti axborot xavfsizligi tizimlari yo‘nalishi magistrantlari amaliy matematika va informatika hamda axborot texnologiyalari kafedralarida ilmiy stajirovka o‘tamoqdalar.

Magistrlarning ilmiy stajirovkasi tegishli sanoat yoki faoliyat sohalaridagi ilmiy tashkilotlarda innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarishning yangi turlari bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi.

Xorijlik magistrantlar ushbu jarayonda kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarligida ilmiy maqolalar tayyorlash va chop etish, ilmiy ishlarini yakunlash va dissertatsiya natijalarini muhokamadan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanmoqdalar.