Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDUda xalqaro ilmiy anjuman

21:08, 18.04.2024      

Millatning har bir farzandi ruhida boqiy yashab kelayotgan, Vatanning mustabidlar zulmidan ozod boʻlishini, elga erk, hurriyat istagan xalqimizning qalbi uygʻoq farzandlari boʻlmish jadidlar hamisha fikru yodimizni egallaydi.

Bu millat oydinlari tarixini, hayoti va faoliyatini oʻrganganimiz sari ular barhayot boʻlaveradi. Ruhan tirik jadid ajdodlarimizning alamli dardlari, avlodlarimiz tomirlarida oqayotgan ma'rifatparvarlarning qonli vasiyatlari, tillarda qotib qolgan Vatan hasratlari xayollardan tasvirlarga, oʻylardan kitoblarga, odamlardan olamlarga koʻchaveradi.

Bugun Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakultetida jadidlar hayoti va faoliyatini o‘rganishga qaratilgan “Jadidlar adabiy merosining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston davlatlari nufuzli ta’lim muassasalarining professorlari, jadidshunos olimlari, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjuman avvalida mehmonlar ishtirokida “Jadidlar xonasi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Shundan so‘ng fakultetning katta majlislar zalida anjumanning yalpi majlisi boshlandi.

Oliygoh rahbari Bahodirjon Shermuhammadov anjumanni ochib berdi. jadidlar faoliyatining so‘nmas jasorat va tuganmas tarbiya manbai ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng Michigan davlat universiteti faxriy professori Temur Xo‘ja o‘g‘li -“Jadid adabiyoti va siyosiy majoz: Fitratning “Hind ixtilochilari”dramasi namunasida”,

FarDU professori A.Sabriddinov “Mahmudxo‘ja Behbudiy publitsistik maqolalarida davr muammolari talqini”,

Anqara universiteti professori S.Ershahin “Cedidci Siyasal Duzeninde Vakiflarin Yeri Uzerine Bir Deg'irlendirme”,

Chanoqqal'aO'n sakkiz mart universiteti professori Yusuf Avcınin “Hind ixtilichilari” millatparvarlik va yetakchilik; Fitrat qahramonlari misolida”,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti professori Nodirxon Hasan “Munavvar qori "Yosh Turkiston" jurnali sahifalarida”,

Chanoqqal'a O'n sakkiz mart universiteti professori, O'mer Solakin “Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanida jadidchilik g'oyalari”,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti professori - Hamidulla Boltaboyev “Jadid fenomeni va uning Turkiston tarixi taraqqiyotidagi o'rni”,

Ozarbayjon Respublikasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti professori - Bedirxan Ahmadov “Ismoil Gaspirali va Ozarbayjonda jadidchilar harakati”,

Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti - Gulbahor To'qimbetova “Qoraqalpoq jadid she'riyatida ma'rifatparvarlik g'oyalari” mavzularidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.