Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Xalqaro hamkorlik

15:41, 24.04.2024      

Filologiya fakultetining o'zbek tili yo'nalishi talabalari tomonidan ayni paytda Farg'ona davlat universitetida bo'lib turgan Turkiya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar uchun turk tilida tadbir tashkillandi.

Tadbirda iste'dodli talabalar ijro etgan turk tilidagi she'rlar, qo'shiqlar, turk va o'zbek madaniyati, adabiyoti va san'ati haqidagi taqdimot yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi.

Tadbir jonli muloqot va savol-javoblarga boy bo'ldi. Ayniqsa, talabalarning o'zbek-turk qiyosiy adabiyotshunosligi yuzasidan olib borilayotgan ilmiy ishlari haqidagi ma'ruzalari tadbir qatnashchilarining yuksak e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Tadbirda so'z olgan "Chanakkale 18-mart" universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yusuf Avcı talabalarning til bilishga bo'lgan qiziqishlari, ilmiy salohiyatiga yuksak baho berib, e'tibor va hurmat uchun minnatdorchilik bildirdi.