Farg‘ona davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi va Ural davlat Pedagogika universiteti o‘rtasidagi imzolangan Hamkorlik Shartnomasi asosidako‘p yildan buyon birgalikda ilmiy-tadqiqot va o‘quv faoliyati olib borilmoqda.Ushbu shartnoma doirasida Ural davlat Pedagogika universiteti (Yekaterinburg sh., Rossiya), Maksim Tank nomli Belorussiya davlat pedagogika universiteti (Minsk sh., Belarus), Abxaziya davlat pedagogika universiteti (Suxumi sh., Abxaziya) va Farg‘ona davlat universiteti(Farg‘ona sh., O‘zbekiston) bilan hakorlikda 2024 yil 25 aprel kuni “Bahoriy psixologik sessiya: Psixologik farovonlik muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Xalqaroilmiy-amaliy konferensiyaning 4-sho’basi “Zamonaviy shaxsning hayot mazmuni va qadriyatlar shakllanish muammolari” mavzusida universitetimizning psixologiya kafedrasida bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tayyorlagan ma’ruzalarida psixologik farovonlikni shakllantirishning psixologik muammolari, talabalar va mutaxassislarga ijtimoiy-psixologik yordam,o‘quvchi-yoshlarda qadriyatlar shakllanishi, shaxs faoliyati va zamonaviy psixologiya masalalari muhokama qilindi. Anjuman ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandilar.