Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Farg'ona davlat universiteti Hindistonning Javoharlal Neru nomidagi universitet hamkorlikda ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

11:30, 06.05.2024      


Ta’lim sohasida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarimizning jahon andozalariga mos, yetuk, yuksak ma’naviyatli, har taraflama sog‘lom inson bo‘lib yetishishlarida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Oliygohlardagi tashqi davlatlar bilan olib borilayotgan aloqalar, xalqaro hamkoprliklar, dunyo tajribalarini o‘rganishdagi harakatlar samarasi olaroq yangidan-yangi yutuqlarga erishish, ta’limga yangicha yondashuv, top reytinglarda yuqori natijalarni qayd etish kabi sezilarli o‘sish imkoniyati yuzaga keladi. Hozirda respublikamizdagi har bir oliy ta’lim muassasalari xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lidan dadil bormoqda. Xususan, kuni kecha Farg'ona davlat universiteti va xalqaro top 1000 talikka kiruvchi Hindistonning Javoharlal Neru nomidagi universitet hamkorligidagi "India and Uzbekistan: Cultural and Linguistic Link's" nomli ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Ushbu anjumanda Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari ham o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.