Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SEMINAR

15:28, 25.06.2024      

Bugun Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oqituvchilari uchun universitet rektori ishtirokida ilmiy-metodik seminar tashkil etildi.

Bunda xalqaro reytinglarning talablari va zarur indikatorlari, Scopus ma'lumotlar bazasidan foydalanish ko‘nikmalari, bazada indeksiyalanadigan jurnallarda maqola yozish bosqichlari soha mutaxassislari tomonidan taqdimotlar yordamida batafsil o'rgatildi.

Shuningdek, sohta jurnallar, til bilish darajasiga oid qalbaki sertifikatlar xususida ham farqlovchi ma'lumotlar berildi.

Oliygoh rahbari o'z so'zida jamoani seminarda faol bo'lishga chorlar ekan, kafedralarda ustoz-shogirdlik an'anasi davom etishi, har bir ustoz oliy ta'lim muassasasida ishlash mas'uliyatini chuqur anglashi ilmiy yuksalishga, dunyogachiqishga asos bo'lishini e'tirof etdi.

Seminar munozaralarga boy tarzda o'tar ekan, universitet ilmiy salohiyatini oshirish borasida tashkil etilgan ushbu o'quv professor-o'qituvchilar faoliyatida kerakli manba bo'layotgani ta'kidlandi.