A X B O R O T X A T I
Farg‘ona davlat universiteti rektorati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori 9-bandida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 16-sonli buyrug‘iga asosan 2024-yil 9-noyabr kuni “Tuproq biogeokimyosi – biosferaning barqaror rivojlanishi va muhofazasi” mavzusida xalqaro ilmiy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Ilmiy anjumanda qatnashish uchun xalqaro va respublikaning ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari hamda sohaga doir korxona, muassasalarning mutaxassislari va boshqa qiziquvchilar taklif etiladi.
Ilmiy konferensiya yo‘nalishlari:
v Biosferada tuproq biogeokimyoviy jarayonlar;
v Tuproq unumdorligi – landshaftning barqaror rivojlanish omili;
v Tuproq-o‘simlik-hayvonot va inson zanjirida biogeokimyo;
v Tuproqshunoslik, agrokimyo va tuproq biogeokimyosini o‘qitishning zamonaviy muammolari.
Maqolalarni rasmiylashtirishga doir talablar:
Anjuman materiallari Farg‘ona davlat universitetining “FarDU. Ilmiy xabarlari” jurnalining maxsus sonida chop etiladi.
1. Maqola Times New Roman shriftida, A4 formatda, 14 kattalikda, 1,5 intervalda, chegaralari mos ravishda chap 3 sm, o‘ng 2 sm, yuqori va pastki tomonlari 2 sm bo‘lishi, UO‘K yuqoridan chap burchagiga qo‘yilishi lozim;
2. Mavzu nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda, mavzudan so‘ng esa muallif (lar)ning FISh va ish (o‘qish) joyi to‘liq, elektron manzili va telefon raqami keltirilgan bo‘lishi shart;
3. Maqolaga annotatsiya (maqolaning mazmuni va maqsadi (100-150 so‘z)) va kalit so‘zlari berilishi lozim (o‘zbek, rus, ingliz tillarida);
4. Maqolaga havola (snoska)lar [1, 2, ...] ko‘rinishida va maqola so‘ngida adabiyot sifatida ko‘rsatilishi, grafik materiallar (chizma, jadval, diagramma, rasm) “1-rasm” deb, jadvallar: “1-jadval” so‘zi bilan ifodalanib arab raqamlari bilan qayd etiladi.
5. Maqola 5 sahifadan kam bo‘lmagan hajmda bo‘lishi shart. Maqoladagi maʼlumot va dalillarning aniqligi, to‘g‘riligi va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligiga muallif javobgardir.
6. Maqolalar ekspert komissiyasi tomonidan tahlil qilinadi va ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan maqolalar chop etiladi; To‘plamga kiritiladigan maqolalarning mazmuni, ulardagi statistik ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlar sanasining to‘g‘riligiga hamda tanqidiy fikr-mulohazalarga mualliflar mas’uldirlar. Bevosita konferensiya yo‘nalishlariga mos bo‘lmagan va nashr talablariga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi.
7. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Materiallarni chop ettirish uchun 200 000 so‘m badal to‘lovi belgilangan. Plastik kartalardan “Click” o‘tkazma orqali 9860130112663310 (Murodjon Isagaliev) raqamli plastik kartaga o‘tkazilishi mumkin (qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tel.: (+998 99 915-16-83).
Xorijlik mualliflarning maqolalari bepul nashr qilinadi.
Maqolalar 2024-yilning 20-oktabr kuniga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi: 150100, Farg‘ona shahri, A.Qodiriy ko‘chasi, 106-uy, Farg‘ona davlat universiteti, Agrar qo‘shma fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi, 2-qavat 210-xona. Tel.: (873) 245-28-90; Mobil.: (99) 443-22-84; (99) 915-16-83. E-mail: murodjon-isa@mail.ru