Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​E’LON!

12:19, 10.09.2024      


FarDU “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.

2024-2025 o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishiga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Test natijalari bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 93,0 ballning o‘tish balli 74.4 ballni tashkil etdi.

Talabgorlar tomonidan o‘qish istagini bildirgan murojaatlarga asosan, “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha)” yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘plangan ballarga nisbatan quyidagi miqdorlarda tabaqalashtirilgan shartlarda belgilandi.

1. Test natijalari ro‘yxati bo‘yicha belgilangan kvota asosida 50 nafar talabgorlar Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan kontrakt miqdorining 1 baravari (16 456 000 so‘m).

2. Umumiy ballning 70-79 foizi miqdorida (65,1-71,3 ballar) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 2 baravari (27 426 000 so‘m);

3. Umumiy ballning 60-69 foizi miqdorida (55,8-62,0 ballar) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 5 baravari (68 565 000 so‘m);

4. Umumiy ballning 50-59 foizi miqdorida (46,5-52,7 ballar) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 8 baravari (109 704 000 so‘m);

5. Umumiy ballning 30-49 foizi miqdorida (27,9-43,4 ballar) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 10 baravari (137 130 000 so‘m) miqdorida belgilanadi.

6. Umumiy ballning 30 foizi miqdoridan past (24,8 ball va undan past) ball to‘plagan talabgorlar talabalikka qabul qilinmaydi.

Eslatma: Davlat qabul hay’ati tomonidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha belgilangan bazaviy kontrakt miqdori 13 713 000 so‘mni tashkil etadi. Universitet Kuzatuv kengashining 2024-yil 3-avgustdagi 2-son yig‘ilish bayoniga asosan “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi mutaxassislik to‘lov-kontrakt miqdori 16 456 000 so‘m qilib belgilangan.