Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2023-yil 29-dekabrdagi qaroriga muvofiq, institut huzuridagi PhD.38/09.07.2020.San.119.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan Bir martalik Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda bir qancha tadqiqotchilarning dissertatsiya muhokamalari tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi ilmiy seminarda talabgor Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi Sulaymonova Sevara Bahodirjon qizining 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bо‘yicha pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Topshiriqlarni mustaqil bajarishda talabalarda perspektiva qonuniyatlariga amal qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rangtasvir va qalamtasvir o‘quv fanlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi о‘tkazildi.