Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FarDUda "Qalqon" jamoatchilik guruhi tashkil etildi

09:59, 18.09.2024      

Fargʻona davlat universitetida 2024-2025-oʻquv yili uchun "Qalqon" jamoatchilik guruhi tashkil etildi. «Qalqon» jamoatchilik guruhiga talabalarni suhbat asosida qabul qilish maqsadida uchrashuv o’tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.Raximov, Yoshlar yetakchisi J.Yoqubov, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori, podpolkovnik - M.Kamolova hamda Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i - O.Erkaboyev, shunindek Harbiy vatanparvarlik yoʻnalish koordinatori O.Husanov ishtirok etdilar. Suhbat asosida talabalardan iborat «Qalqon» jamoatchilik guruhi tashkil etildi. Ularga guruh vazifalari va majburiyatlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi hamda guvohnomalar topshirildi.