Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 419
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 322
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Yoshlarga e’tibor

08:41, 19.09.2024      

Talaba-yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov raisligida yangi o‘quv yilida talaba yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ma’rifiy-madaniy tadbirlarni sifatli va mazmunli tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Barcha davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan anjuman avvalida davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan tizim asosida talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasidagi samarali ishlar e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rilib, 2024/2025-o‘quv yili uchun reja qilingan maqsadli vazifalar belgilandi.