Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 419
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 322
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​SPORT MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA!

09:00, 19.09.2024      

Talabalar xavfsizligi” oyligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlarida sport musobaqalariga start berildi. Jismoniy madaniyat fakultetida talaba-yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning o'g'il bolalar o'rtasida o'tkaziladigan volleybol turi bo'yicha musobaqalarni boshlab berdi. Filologiya fakultetida ta'lim olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – jinoyatchilikka qarshi” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.Musobaqa davomida “Quvnoq bellashuv” shartlari asosida talabalar sport estafetalari, harakatli o‘yinlarni bajarib o‘zaro bellashdilar.

Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtni maqsadli band qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.