Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 419
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 322
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​OTA-ONALAR FORUMI O'TKAZILMOQDA!

10:45, 23.09.2024      

O‘quv yili boshidan fakultetlarda ota-onalar forumi tashkil etish an’anaga muvofiq davom etib kelmoqda. Xususan, Harbiy ta’lim, Jismoniy madaniyat fakultetlarida 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Tadbir avvalida yuqori natijalar bilan o‘qishga qabul qilingan talabalarning ota-onalariga universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, universitet kampusi, mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, o‘qitishning kredit-modul tizimi, “Odob-axloq kodeksi”, “Ichki tartib-qoidalar” haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar tarbiyasiga oid muhim masalalarni birgalikda hal etishga o‘zaro kelishib olindi.

Forum doirasida universitetga tashrif buyurgan talabalarning ota-onalari va yaqinlari fakultetda talabalarga yaratilgan sharoitlarni sayohat davomida ko'rib chiqdilar. Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga imkon yaratuvchi sport-sog'lomlashtirish kompleksi, ilmiy ijod maskani bo'lgan kutubxona, o'quv zallari hamda turli to'garaklar ota-onalardakatta taassurot qoldirdi.