Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan yuksak e’tibor, iste’dodlarning yuzaga chiqishi, qobiliyatlarning rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kundan-kunga oshib bormoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ilmiy va ma’naviy tanlovlar, konferensiyalar o‘tkazib borilishi o‘z ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda.
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o‘rni va rivojlanish omillari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan tanlovda filologiya fakulteti talabasi Mandonova Farxunda Ravshan qizi "YURT IFTIXORI" koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi!