Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 419
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 322
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​KITOB TAQDIMOTI

11:04, 25.09.2024      

FarDUning Tilshunoslik kafedrasi dotsenti- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Hikmatillo Do'smatovning"Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-222 sonli qaror ijrosi yuzasidan nashr etilgan 3-jildli monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov, askiyachi, qiziqchilar hamda so‘z ustalari ishtirok etib, o'zbek milliy askiya va qiziqchilik san'atini saqlash, targ'ib etish va o'quvchi-yoshlarni o'quv-ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash borasida ushbu adabiyotlarning nashr etilganligi mihim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Taqdimot davomida ushbu san'at turlari bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlar va tadqiqotchilar safini yanada kengaytirish hamda taniqli askiyachi, qiziqchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy filmlar yaratish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.