Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Oliygohda “Ma’rifat ulashib” loyihasi tadbirlari

09:03, 27.09.2024      

Yangi o‘uv yili boshlanishi bilan talaba – yoshlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida ko‘plab ilmiy va badiiy, ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar tashlik etilmoqda. Jumladan, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 17-apreldagi 122-sonli buyrug‘iga asosan, "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Agrar qo‘shma fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ijodiga bag'ishlangan "AYTGIL, DO'STIM NIMA QILDIK VATAN UCHUN" mavzusida tadbiri va O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hayoti va ijodi yuzasidan "ENG YAXSHI QO'SHIQ" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Universitetga biriktirilgan 45-umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Ko'zim qarog'idasan Vatan" nomli insholar tanlovi o'tkazildi. Tabiiy fanlar fakultetida ham talabalar o'rtasida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, shoirlar Shavkat Do‘stmuhammad va Anvar Mirzo hayoti va ijodi yuzasidan "ZAKOVAT" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha doirasida Filologiya fakulteti tyutorlari tomonidan hamda Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakultetining 4-8-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalari ishtirokida ochiq osmon ostida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvlar davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, talabalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish masalalarida targ‘ibot ishlari olib borildi.