Filologiya, Iqtisodiyot va Harbiy ta'lim fakultetlari talabalari o'rtasida talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida fakultetda "Besh tashabbus - sport bilan" shiori ostida sportning voleybol, basketbol turi bo’yicha musobaqa tashkillandi. Bundan tashqari “Yoshlar – jinoyatchilikka qarshi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
Iqtisodiyot va Harbiy ta'lim fakultetlarida talaba-yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turidan o'g'il bolalar o'rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Sport musobaqalari oliygoh bo‘ylab davom etmoqda.