Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan oliygoh jamoasiga tabrigi

08:49, 02.10.2024      


Muhtaram ustozlar, qadrli professor-o'qituvchilar, aziz murabbiylar!

Sevimli oliygoh jamoasi!

Sizlarni - ta’lim-tarbiya sohasi jonkuyari bo'lgan aziz ustozlarimizni umumxalq bayrami — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom, ezgu tilaklarni yo'llagan holda, Yangi O'zbekistonni bunyod etishda va Uchinchi Renessans vorislarini tarbiyalashda olib borayotgan fidokora faoliyatingizga zafarlar tilaymiz!