Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Xalqaro hamkorlik

09:06, 03.10.2024      

Toshkentda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo tajriba almashinuv davrasi oʻz ishini boshladi. Unda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari vakillari, davlat organlari rahbarlari, masʼullari,“ICBA”, “Fly Dubai”, Abu-Dabi taraqqiyot fondi kabi tashkilotlar rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda. Forumda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan muhokamalarda qatnashdi.Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida 8 ta klaster, xususan Taʼlim va hududlarni rivojlantirish qoʻshma ishchi guruhi oʻz ishini boshladi. Vazir Q. Sharipov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan muhandislik sohasida energetika, sun’iy intellekt, atrof-muhit muhofazasi, biotexnologiya, raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni hamkorlikda rivojlantirish, qo‘shma loyihalarnibirgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi.