Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida shoirlar uchrashuvi tashkil etildi

10:10, 03.10.2024      

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida bugun FarDUga O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, shoirlar Shavkat Do‘stmuhammad va Anvar Mirzolar tashrif buyurdilar. Dastlab loyiha doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo- Farg'ona 45-sonli umumta'lim maktabi jamoasi hamda o'quvchi-yoshlari bilan uchrashdi. O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ishtirokida Marg'ilon shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabida adabiy kecha bo'lib o'tdi. Uchrashuvlar Marg'ilonning 18-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari davrasida davom etdi. Muloqotlarda O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo yoshlarni ijodga, ilmu ma'rifatga chorladi.

Farg'ona tumanidagi 10-sonli maktabda esa shu kuni Respublika Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi, Respublika qalqon jamoatchilik guruhi boshlig'i, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori, otashqalb shoir - Anvar Mirzo Qudratov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Maktabda ijodkor katta tantana bilan kutib olindi va "Ma'rifat gulshani"nomli badiiy kecha tashkil qilindi. Shoir so'z avvalida ustozlarni bayram bilan tabriklab, inson uchun eng kerakli fazilat mehr va oqibat ekanini ta'kidladi va ustozlarga ehtirom, mehr mavzularidagi she'rlaridan namunalar o'qib berdi.

Mazkur tadbirda ishtirok etayotgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Farg'ona davlat universitetining San'atshunoslik kafedrasi dotsenti - Abdulhay Karimov o'zining diltortar qo'shiqlari bilan davraga o'zgacha fayz kiritdi. Uchrashuvdan so‘ngijodkorlar Farg'ona tumanidagi 7- maktabga yo'l oldilar. Maktab jamoasi va o'quvchilar uchun mazkur uchrashuv chinakam tantana tusini oldi.

Undaijodkorlar va maktab o'quvchilari bilan "Ma'rifat - kelajak poydevori" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Shoir o'z so'zida o'quvchilarning ko'zlarida chaqnab turgan o't, o'ziga ishonch, bilimga tashnalik, Vatanga muhabbat ekanini ta'kidlab o'tdi. Ijodkor Anvar Mirzo Qudratov ishtirokidagi ma'rifat kechasi Farg'ona tumani - 31-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ham davom etdi. Ma'naviy targ'ibot maqsadida o'tkazilgan mazkur tadbirda o'quvchilarning ijodga bo'lgan yuqori qiziqishlari ular aytib bergan ko'plab she'rlarda namoyon bo'ldi. Uchrashuv yakunida maktabda shoirlar ijodi va faoliyati yuzasidan o'tkazilgan insholar tanlovi g'oliblariga Ijodkor mehmonlar tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.