Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Odil Ahmedov futbol akademiyasi”ning "Odil Junior" filiali - Farg‘onada!

09:39, 07.10.2024      

bc9672ba6e-photo2024-10-0708-59-22O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi Odil Ahmedov tomonidan tashkil etilgan futbol akademiyasining filiali Farg'onada ish boshladi.

Millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga yurtimizda juda katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada turli yosh toifasida O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari qator nufuzli musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish hamda futbol maktablari va futbol akademiyalariga iqtidorli futbolchilarni saralab olishni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan muhtaram Prezidentimiz qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning mashhur futbolchisi Odil Ahmedov tashabbusi bilan “Odil Ahmedov futbol akademiyasi”ning "Odil Junior" Farg‘ona filiali tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida ishtirok etayotgan viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov bugungi yangilik bilan futbolsevar yoshlarni qutlar ekan, ushbu maktabdan kelgusida viloyatimiz, qolaversa, mamlakatimiz sharafini himoya qiluvchi eng kuchli futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi. Futbol muxlislari tilida «O‘zbek Maradonasi» nomini olgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasi vitse prezidenti, “Odil Ahmedov akademiyasi” va“Odil junior” maktablari tarmog‘i asoschisi – Odil Ahmedov tabrik uchun so‘z olib, Farg‘ona eli tarixdan dunyoga kuchli sportchilarni, chempion yoshlarni yetishtirib kelgani, farg‘onaliklar o‘zbek futbolini hamisha chin dildan qo‘llab-quvvatlashlarini e’tirof etdi. Shu bois, aynan Farg‘onada ham mazkur maktabni ochishni niyat qilgani, hamkorlikda mohir futbolchilarni yetishtirishga bor kuchi bilan harakat qilishini bildirdi. Ramziy ma’nodagi mehmonni Farg‘ona davlat universiteti sport maydonida bayramona qarshi olgan rektor Bahodirjon Shermuhammadovo‘z so‘zida ushbu istiqbolli maktab yoshlari ko‘zida aks etayotgan shijoat o‘zbek futboli kelajagini ko‘rsatib turganini ta'kidladi.

- "Muhtaram Prezidentimizning sportga, ayniqsa, futbolni rivojlantirishga qaratgan yuksak e’tibori natijasida FarDUda bugun barcha shart-sharoitlar mavjud. Universitetda kuchli futbol jamoasining shakllangani va joriy yilda futbol yo‘nalishining ochilgani ham mazkur islohotlarning mevasi" dedi rektor o‘zi so‘zida. Bayramona o‘tgan tadbirda Odil Ahmedovga hurmat ifodasi va ramziy ma’noda joriy yil sanasini anglatuvchi raqamli futbolka topshirildi.

Ramziy ma’nodagi mehmonni Farg‘ona davlat universiteti sport maydonida bayramona qarshi olgan rektor Bahodirjon Shermuhammadovo‘z so‘zida ushbu istiqbolli maktab yoshlari ko‘zida aks etayotgan shijoat o‘zbek futboli kelajagini ko‘rsatib turganini ta'kidladi.Shundan so‘ng maydonga “Odil junior” maktabining 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar ilk tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari taklif etilib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shundan so‘ng maydonga “Odil junior” maktabining 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar ilk tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari taklif etilib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.