Chet tillari fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi - Usmonova Shaxnoza Yoqubjon qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “ O‘zbek va ingliz tillaridagi landshaft terminlarining struktural-semantik va kognitiv tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qildi.
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi - Murotova Dilnoza Xasan qizining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Uzr nutqiy aktining lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.
Tarix fakulteti Falsafa va milliy g'oya kafedrasi dotsenti - Yuldashev Serobjon O'rmonaliyevich 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “O'zbekistonda jamiyat transformatsiyalashuvi: ijtimoiy-madaniy texnologiyalar va strategik dasturlashtirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.06.76 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda 100 foiz ovoz bilan himoya qildi.
Farg‘ona Davlat universiteti xuziridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.V.05.03.-raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengashning ilmiy seminarida Farg‘ona Davlat universiteti doktoranti (PhD) Baxriddinov Fayoziddin Baxriddinovichning “O‘zbekiston sharoitida shvits zotli sigirlarning seleksiya va mahsuldorlik sifatlarini oshirishning ilmiy asoslari xamda amaliy usullari” mavzusidagi 06.02 .03.-Xususiy zootexniya. “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasini ilmiy seminardan 100 foiz ovoz bilan keyingi himoya uchun tavsiya etildi.
Pedagogika, psixologiya va san'atshunoslik fakulteti Pedagogika kafedrasi tayanch doktoranti - Mirzaaxmedova Gulshanoy Mansurjonqizining 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha "Bo'lajak tarix o'qituvchilarida analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qildi.