Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 419
  • Ko`rib chiqilganlar 386
    • Takliflar 56
    • Arizalar 322
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Mеn tеrrorizm xavfini qanday tushunaman

10:53, 29.10.2024      

Maʼlumki, terrorizm balosi nafaqat bugungi kunda, balki u mavjud boʼlgan barcha zamon va makonlarda insoniyat va jamiyat uchun tom maʼnodagi fojia boʼlib kelgan. Bugungi notinchliklar hukm surayotgan mintaqalarning deyarli barchasidagi barqaror vaziyatni izdan chiqaruvchi omillardan biri ham shu illatdir.

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar orasida “Biz terrorga qarshimiz” shiori ostida ko'plab tadbirlar nashkil etib kelinmoqda. Xususan, kuni kecha fakultetlar kesimida o‘tkazilgan "Mеn tеrrorizm xavfini qanday tushunaman?" insholar tanlovi univеrsitеt bosqichi nihoyasiga yetdi va g'oliblar aniqlandi!

Yakuniy natijalarga ko'ra,

1- o'rinni Tarix fakultеti 2-bosqich talabasi D.Soyibova,

2- o'rinni Pеdagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakultеti 3-bosqich talabasi M.Odinajonova,

3 - o'rinni Filologiya fakultеti 3-bosqich talabasi M.Muxtorova egalladi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni bu kabi illatlardan himoya qilish, jismonan sogʼlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash bugun eng asosiy vazifamizdir.