2024-yil 5-noyabr kuni soat 900da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar (13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha)ning majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
Abdumannopov Muhammadsohib Muhammadyusuf o‘g‘li 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha soat 09:00 da bo‘lib o‘tadigan “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya muhokamasi.
Mo‘llayev Baxtiyor Mashrabovichning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya muhokamasi.
Majlisga ilmiy seminar a’zolari va barcha mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 19-uy, Farg‘ona davlat universiteti Gender tengligi markazi binosi.