Bugun xalqaro va milliy reyting ko'rsatkichlari bo'yicha Jismoniy madaniyat fakulteti kafedralarida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Rektor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda reyting indikatorlari yuzasidan har bir ish ijrosi tanqidiy ko'rib chiqildi.
Fakultet kafedralarining ilmiy salohiyati, xalqaro va respublika nashrlarida chop etilayotgan maqolalar, ilmiy unvon va darajalar olish, iqtiboslik ko'rsatkichlari o'rganildi. "Bugun yurtimizda Davlatimiz rahbari jonbozligida yoshlar sportiga berilayotgan e'tibor, uning nazariyasi, ilmini rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarda bizning hissamiz bo'lishi zarur!"-deya ta'kidladi rahbar o'z so'zida. FarDUda o'zining 70 yillik tarixiga ega bo'lgan bu fakultet dunyoga chiqishi va yana 700 yil yashashi uchun faqat va faqat ilmni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.