Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyevning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Sessiyada 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Komilov Xolmatjon Odilovich xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi raisi etib saylandi. Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga Bozorov Xayrullo Hayitboyevich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi qaroriga muvofiq Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi