Ma'lumki, Muhtaram Prezidentimizning PQ-3682-son qaroriga asosan mamlakatda innovatsion infratuzilmani yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni va investitsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har yili “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligini oʻtkazib kelinmoqda. Shu munosabat bilan 2024-yil 14-16-noyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtayotgan “InnoWeek-2024” doirasidagi ko‘rgazmalar forumida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Yusufjon Axmadaliyev rahbarligidagi Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham bir qator amaliy loyihalar bilan faol qatnashmoqdalar.