Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Davlat bayrog‘ining 33 yilligi

08:32, 19.11.2024      


Bugun- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Davlatimiz ramzlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i, avvalo, Vatan timsollaridan biri, qolaversa, undagi hayotbaxsh ranglar yuraklarimizda g‘urur, umid va ishonch uyg‘ota oladi. Ayniqsa, yurtdan bir qadam olis ketgan odam Vatan bayrog‘ini ko‘rganda, yuragi beixtiyor hapriqib ketadi. Ortida tog‘dek suyanchi – davlatimiz borligini his etadi. Shunday paytlarda Vatan bayrog‘i jahon bo‘ylab boqiy hilpirab turishini niyat qilamiz. Yurtdoshlarimiz xalqaro tadbirlarda, ayniqsa, jahon sport arenalari, olimpiya maydonlarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targanda, bundan hayajonlanmaydigan, g‘ururlanmaydigan inson oramizda bo‘lmasa kerak.

Bundan 33 yil muqaddam, ya’ni 1991-yil 18-noyabrda "O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan.Davlat bayrog‘i bayramining 33 yillik tantanalari shukuhi yurtimiz uzra kezib, barchaga g‘urur va iftixor bag‘ishlamoqda. Bugun erta tongda Farg'ona shahri hilpirayotgan bayroqlar bilan o'zgacha chiroyga burkandi. Xalqimizning ushbu qutlug' ramzi qabul qilingan sana ayyomida Farg'ona davlat universiteti jamoasi hamda talaba - yoshlari ham faxr va g'urur bilan Davlat bayrog'ini tantanavor kutib oldilar.