Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

09:28, 21.11.2024      


FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadovning talaba-yoshlar bilan olib borayotgan uchrashuvi bugun Pedagogika- psixologiya hamda san'atshunoslik va Tabiiy fanlar fakultetida davom etdi. Uchrashuvda mazkur fakultetlarning guruh sardorlari, yoshlar yetakchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Rektor yoshlar bilan muloqotga kirishar ekan, yoshi 1 asrga yetgan otaxon universitetimizning sharafi bu yerda ta'lim olayotgan yoshlar qo'lida ekani va bu mas'uliyatli vazifani bajarish kuchli ilm, bilim bilan namoyon bo'lishini ta'kidladi. Gul umriga teng go'zal yoshlikning har bir lahzasini behuda o'tkazmaslik, oltinga teng talabalik davrini o'rganishga sarf etish, yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh ekani haqida ibratli fikrlar bildirildi. Diniy ekstremizm tuzog'iga tushib, butun umrini zavol qilmaslik, Imom Buxoriy, Motrudiy, Marg'iloniy kabi bobolarimizning asarlari, sahih hadislarini o'rganishning foydalari talaba-yoshlarga uqtirildi. Yoshlarga rahbarning o'gitlari va hayotiy misollari orqali oliygohdagi ta'lim - tarbiya masalasi, kiyinish va muomala madaniyati, talabalik mas'uliyati,korrupsiya illati oqibatlari uqtirildi. Ta'lim olishda shaffoflik, halollik prinsiplari mohiyati tushuntirildi. Guruh sardori guruhdagi barcha talabalar uchun namuna ekani, turli zararli odatlar, shubhali holatlarni oldini olish, talabalar orasida kitobxonlikni oshirishda ularning o'z vazifasi borligi ta'kidlandi. O'z qadriyatlarimiz, milliy merosimiz, muqaddas an'analarimizni qadrlash, yot aqidalar, zararli tashviqotlarga aldanib qolmaslik tushuntirildi. "Asosiy maqsadimiz - yoshlarimiz baxti - saodati, hayot yo'lini to'g'ri belgilay olishi, kerakli, salohiyatli kadr bo'lib yetishishlaridir ”, deya ta'kidladi rahbar nutqida. Ushrashuvda talabalarning muammo va takliflari yuzasidan muloqot qizg'in davom etdi. Bunda yoshlarning xorijiy amaliyot, akademik almashinuvlarda ishtirok etish istagi, fakultetda radiouzel tashkillash, zarur laboratoriya jihozlari, yangi o'quv binosida kutubxona filialini ochish, geograflar uchun malakaviy amaliyotlar ob'ektlarini kengaytirish, "Zakovat" o'yinlarini rus tilida ham olib borish kabi ko'plab takliflar bildirildi. Talabalarning ushbu bildirgan taklif va tavsiyalari rektor tomonidan atroflicha o'rganilishi, reja asosida ijobiy hal etilishi ta'kidlandi hamda mas'ul rahbarlarga shu yerning o'zida tegishli topshiriqlar berildi.