Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 417
  • Ko`rib chiqilganlar 382
    • Takliflar 56
    • Arizalar 320
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Jaholatga qarshi ma’rifat

10:03, 18.12.2024      


Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish,hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish asosiy maqsadimizdir. Bugun FarDUda talaba-yoshlar ishtirokida Viloyat hokimligi, viloyat IIB hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbir tashkil etildi. Oliygoh rahbariyati hamda hamkorlar boshchiligida o'tkazilgan ma'ruzalar orqali yoshlar orasida terorrizm va mutassiblik, diniy ekstremizmni oldini olish va immunitet hosil qilish kabi masalalarda dolzarb mavzular tinglandi.