Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FarDUda jasorat bayrami

09:33, 15.01.2025      

Farg‘ona davlat universitetida "Vatan himoyachilari kuni" munosib nishonlandi. Universitetning Ma'naviyat va ma'rifat markazida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida oliygoh uzra Davlat Madhiyasi sadolari tantanavor yangradi va ishtirokchilar unga qalban joʼr boʼldilar. Tantanani oʼz tabrik soʼzi bilan ochib bergan FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov oliygohning barcha professor-o'qituvchilari, Harbiy ta'lim fakutetida faoliyat ko'rsatayotgan jamoa a'zolari hamda talaba-yigitlarni "Vatan himoyachilari kuni" bilan samimiy muborakbod etdi. Rahbar oʼz soʼzida Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligi mustahkam va ishonchli qo'llarda ekanini xalqimiz yanada chuqur his etayotgani hamda bugungi kunda Yangi O'zbekistonni barpo etishda erishilayotgan barcha yutuqlarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ular saflarida o'z vazifasini sidqidildan ado etayotgan minglab harbiylarimizning munosib hissasi borligini alohida ta'kidlab o'tdi. Vatan posbonlarining sharafli va mas'uliyatli faoliyatida ularga hamisha omad va muvaffaqqiyatlar yor bo'lishini tiladi. Tadbirda Vatanimizga jasur himoyachilarni yetishtirib chiqarayotgan universitetning Harbiy ta'lim fakulteti va unda yoshlarga sifatli ta'lim berib kelayotgan ustozlar mehnati ham e'tirof etildi. Shuningdek, oʼz faoliyati davomida yutuqlarga erishgan hamda ilm yo'lida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandi. Tadbirning badiiy qismi Farg'ona shahridagi Temurbeklar maktabi harbiy-akademik litseyi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan ko'rgazmali chiqishlar bilan boshlandi. FarDUning har sohada faol va isteʼdodli talaba-yoshlari ijro etgan yurtni madh etuvchi, vatanparvarlikў ruhidagi kuy-qo'shiqlar esa tadbir ishtirokchilarining qalbida tinch va farovon hayotga shukronalik tuygʼularini uyg'otdi.