Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FarDU talabalari hamisha g‘olib!

10:14, 22.01.2025      

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarsportiga berilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq talabalar orasida ham sportning turli sohalariga qiziqish ortib bormoqda.Farg‘ona davlat universiteti talabalari uchun yaratilgan qulay sharoit tufayli darsdan bo‘sh vaqtlarida sport klublarida o‘z mahoratlarini oshirmoqdalar. To‘garaklarga imkoniyati cheklangan yoshlar ham jalb etilgan. Kuni kecha Namangan viloyatida sportning "Futzal" turi bo‘yicha imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirokida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda viloyatlardan kelgan sportchilar va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi vakillari bellashdilar. Yakunda Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari faxrli 1-o‘rinni egalladilar.