Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Xushxabar

16:48, 11.02.2025      

Sport-sog‘lik garovi, sog‘ tanda sog‘lom aql kabi maqollar bejizga emas, sport, harakat insonni jismonan chiniqtiradi, turli xastaliklarga chidamli qiladi. Yoshlarimizning sportga, asosan, ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishlarining oshishi sog‘lom va barkamol avlodning yetishib chiqayotganidan darak beradi. Farg‘ona davlat universitetida tahsil olayotgan talaba – yoshlar sportning bolleybol, futbol, basketbol kabi ko‘plab turlaridagi yutuqlari bugun barchani quvontirmoqda. Xususan, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida sportning VOLEYBOL turidanbo’lib o`tgan “Talabalar ligasi” musobaqasi hududiy bosqichida FarDU o'g'il bolalar jamoasi munosib ishtirok etdilar vaRespublika final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Natijalar:

1-o’rin: FarDU jamoasi

2-o’rin: OD’JTvaSUFF jamoasi

3-o’rin: FarPI jamoasi

Talabalarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz. Zero, intilganga hamisha tole’ yor.