Farg‘ona davlat universitetida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Xabaringiz bor, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi viloyatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, joylardagi targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqda.
FarDUda ishchi guruh hamda viloyat IIB mas’ullari - Respublika IIB JHH boʼlim boshligʼi Zohidjon Fayzulloyev, Viloyat IIB JHH, XPB boshligʼi Otabek Oʼrinboyev tomonidan talabalar ishtirokida shunday tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlarning jamiyatda mustahkam o‘rin egallashlari, bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, biroq ayrim yoshlarda ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarning yetarli emasligi -jinoyat va huquqbuzarliklar holatlarini keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlandi.
O‘g‘irlik, firibgarlik, giyohvandlik hamda yot g‘oyalar ta’sirining huquqiy oqibatlari misollar orqali yig‘ilganlarga yetkazildi.