Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 487
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Xalqaro hamkorlik

09:28, 13.02.2025      


Respublikamizda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, zamonaviy metod hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida xorijiy aloqalar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Farg‘ona davlat universitetida shu kungacha 150dan ortiq xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlari bilan xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Kuni kecha Filologiya fakultetida jahon reytingida (QS) yuqori o'rinda turuvchi Hindistonning Javoharlal Neru universiteti (JNU) Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi raisi-professor Ahmad Ahlan tomonidan professor- o'qituvchilar uchun master -klass hamda 3-bosqich talabalari uchun “Tojik mumtoz adabiyoti” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.