Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Chet tillari fakulteti talabalari o‘rtasida Bobur hayoti va ijodi yuzasidan "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. G'olib bo'lgan jamoalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktoriOtabek Xasanovning “Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy va madaniy merosi” mavzusida onlayn ma’ruzasi o‘tkazildi.
Filologiya fakulteti rahbariyati hamda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida 2-TTJda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Chet tillari fakultetida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab, "Bobur siymosi"mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ustozlar tomonidan Boburning hayot yo'li va ijodiy faoliyati haqida talabalarga muhim hamda qiziqarli maʼlumotlarlar berildi hamda talabalarga osh tarqatildi. Kecha so'ngida faol va tashabbuskor talabalar fakultet rahbariyati tomonidan rag'batlantirildi. Tadbirlar davom etmoqda.