Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Islohotlar – yoshlarga qanot

15:11, 19.02.2025      


Bugun prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng islohotlar natijasida mingdan ortiq yoshlarimiz dunyoning eng rivojlangan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqda. Oltiariqlik yigit Azizbek Zaylobiddinov 18 yoshda va u o‘tgan yilda noyabr oyida Garvard universitetidan full grant, ya’ni 100 foiz grantga ega bo‘lgan. Yozda AQShga o‘qishga ketadi. 4 yil davomida barcha xarajatlari qoplangan holda dunyoning eng mashhur universitetida davlat boshqaruvi yo‘nalishida tahsil oladi. Prezident Azizbekning ota-onasiga rahmat aytdi va yana bir yangilikni e’lon qildi, endi dunyoning TOP 100 universitetlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga ssuda ajratiladi.