Andijon davlat tibbiyot institutida ayollar jamoalari o'rtasida basketbol bo'yicha "O'zbekiston Kubogi" o'yinlari bo'lib o’tdi. Kubok musobaqalarida Respublikamizning 9 ta viloyatidan 11 ta jamoalar ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko’ra, FarDU ayollar terma jamoasi faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. O‘yinlar yakunlariga ko‘ra,
2-o‘rinni FarDU jamoasi egalladi!
Natijalar:
1-o‘rin Qoraqalpog’iston
2-o‘rin FarDU
3-o‘rin OKMK
4-o‘rin Andijon
5-o‘rin Jizzax OPSTTM
Ushbu jamoalar diplomlar, medallar va rag'batlantiruvchi sovg'alar bilan taqdirlandilar.