Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

13:34, 24.02.2025      


Sergey Lebedev boshqaruvidagi "FarDU" jamoamiz ayni kunlarda Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda. O‘zbekiston Pro-ligasining yangi mavsumiga tayyorgarlikni qizg‘in ruhda davom ettirayotgan vakillarimiz kuni kecha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdilar. Qirg‘iz Respublikasining "OshMU Aldayer" (Osh davlat universiteti) raqib bo‘lgan qarama-qarshilikda "FarDU" muhim g‘alabaga erishdi. Ikki davlat universitetlari futbol jamoalari to‘qnash kelgan tarixiy uchrashuvda bizning jamoaning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi kutilganidek keskin va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Har ikki jamoa ham muhim tarixiy o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga tushgani yaqqol ko‘rinib turdi. Golli vaziyatlar bir necha bor yuzaga kelgan bo‘lsa-da, biroq dastlabki 45 daqiqalikda darvozalar daxlsiz qoldi - 0:0.

Bellashuvning ikkinchi bo‘limi ham ikki jamoa vakillarining keskin hujumlari bilan boshlandi. Jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Lebedev o‘yinning borishidan kelib chiqib, bir necha futbolchilarni almashtirgan holda taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ushbu o‘zgarishlar tezda samara berdi, uchrashuvdagi ustunlik to‘laligicha vakillarimiz tomoniga etdi. 85-daqiqada jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qilib olgan jamoamizning yosh a’zolaridan biri Amirbek Fayziyev kuchli zarb bilan darvozaning olis chap burchagini nishonga oldi - 1:0. Oradan ko‘p o‘tmasdan raqib darvozasi ikkinchi bor ishg‘ol etildi, bu vaziyatda Muhammadqodir Umarjonovning qanotdan yetkazib bergan to‘piga jamoamiz hujumchisi Riza Ayvazov boshi bilan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi - 2:0. Shu tariqa O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi universitetlarining futbol klublari o‘zaro to‘qnash kelgan tarixiy uchrashuv "FarDU" jamoamizning muhim g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ta’kidlash joiz, shu kuni "OshMU Aldiyer" jamoasi safida jami 7 nafar legioner futbolchilar harakat qilishdi. Xususan, ular orasida braziliyalik futbolchilarning ham borligi alohida e’tiborga molik.