2025-yil 1-mart shanba kuni soat 9:00da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha)ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. Tadqiqotchi Dushatova Shoxsanam Baxtiyor qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Evfemizmlarning lisoniy va lingvomadaniy tadqiqi (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
Majlisga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘iloniy ko‘chasi 105-uy, Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti, 1-qavat, 9-xona.