Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​SPORT - SALOMATLIK GAROVI

10:36, 27.02.2025      


Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, muntazam sport bilan shug‘ullanish yurish, yugurish inson salomatligini mustahkamlaydi, erta qarish, turli kasalliklar domiga tushishdan saqlaydi. Farg‘ona davlat universitetining barcha xodimlari, talaba-yoshlari ishtirokida birga yugurish mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Bugun ham oliygohning Sport-sog'lomlashtirish majmuasi hamda barcha Talabalar turar joylarida rektor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi jamoa a'zolari hamda yoshlar ishtirokida tongi badantarbiya mashg'ulotlari yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.