Yoshlar sportini rivojlantirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqish va intilishni kuchayishiga olib kelmoqda. Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak g‘alabalarga erishayotgan Farg‘opna yoshlari buning yaqqol namunasidir.Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti talabasi Nasriddinova Malikaxon Toshkent shahrida o'tkazilgan "O'zbekiston kubogi" musobaqalarida sportning karate turi bo'yicha 1-o'rinni qo'lga kiritdi va oliygohga yana bir g‘alabani olib keldi.