Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 417
  • Ko`rib chiqilganlar 382
    • Takliflar 56
    • Arizalar 320
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​MA'NAVIY-MA'RIFIY FAOLIYAT VA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI SAMARADORLIGI - ASOSIY MAQSADIMIZ

11:20, 27.02.2025      


Ayni paytda Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida oliygohda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tmoqda. Yig'ilishda universitet rahbariyati, fakultetlar dekanlari, o'rinbosarlar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar bilan ishlash tizimi mutasaddilari, xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar, tyutorlar, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etmoqda.

Rektor o'z nutqida yoshlarning axborot madaniyatini to'g'ri shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning huquqiy normalarini o'rgatish, blog yuritish tartibi, mediasavodxonlik, milliy mentalitetimizga zid bo'lgan kontentlar, turli yot g'oyalardan ogoh bo'lish masalalari to'g'risida so'z yuritdi. Bunda har bir yoshlar vakili bilan "talababay" ishlash, profilaktik suhbatlar olib borish, mamlakatda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlarga munosib bo'lish, "Qalqon" jamoatchilik harakati faoliyatini kuchaytirish, siyosiy-ma'rifat soatlaridagi mavzular, siyosiy axborotlarni talabalar ishtirokida tahlil qilish, psixologlar ishtirokida ijtimoiy so'rovlar o'tkazish, "Zakovat", munozara o'yinlarini har bir guruhlar kesimida o'tkazish ishlari alohida ta'kidlandi.