Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Farg'ona davlat universiteti Kengashining VII sonli yig'ilishi

08:50, 04.03.2025      


Bugun Farg'ona davlat universiteti Kengashining VII sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kengash avvalida ilmiy darajalar va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar. Shuningdek, rektor Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan 2024-2025-o'quv yilida universitetning ichki va davlat stipendiyalariga sazovor bo'lgan talabalar mahsus sertifikat hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Yig'ilishning rasmiy qismi boshlanar ekan, kengash kun tartibida:

➖Yo'riqnoma hujjatlar ijrosi,

➖Taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarining birinchi yarim yillik boʼyicha sifat koʼrsatkichlari,

➖Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi holati tahlili,

➖oliygohda xorijiy investitsiyalar, grant va begʼaraz mablagʼlarni jalb etish holati,

➖ Xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada kafedralarda amalga oshirayotgan faoliyat jamoa ishtirokida tanqidiy-tahliliy ko'rib chiqildi.

Shuningdek turli tashkiliy masalalar qatorida:

  • - Universitetda xotin-qizlar bilan ishlash borasida Kengash qarorlari ijrosi,
  • - dissertatsiyalar mavzularini tasdiqlash,
  • - ilmiy unvonlarga tavsiya etish,
  • - nashrga tavsiya etish kabi muhim masalalar Kengash muhokamasida bo'ldi.