Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Xalqaro tashrif

09:16, 04.03.2025      


Ayni kunlarda Hindistonning Dehli shahrida xizmat safarida bo'lib turgan Farg'ona davlat universiteti vakillari dastlab 2016-yilda tashkil topgan, hozirda menejment, injenerlik, zamonaviy jurnalistika, huquqshunoslik, dizaynlik hamda amaliy fanlar, san'at, sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadigan, talabalar uchun barcha sharoitlar mavjud bo'lgan, Noida shtatidagi Bennett universiteti bilan tanishdilar. FarDU vakillari universitet rahbariyati bilan muloqot qildilar va Farg'ona davlat universiteti hamda Bennett universiteti hamkorligini yo'lga qo'yish, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkillash, metodik yordam ko'rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki universitet o'rtasida memorandum imzolashga kelishib olindi. FarDU vakillari bugun Dehlida joylashgan Hamdard universitetida bo'ldilar va universitetning dorivor o’simliklardan turli xil kasalliklarga qarshi samarali kurashish uchun eksprimental tadqiqotlar olib boriladigan va texnik mutaxassislar tayyorlanadigan markazi bilan tanishdilar. Shuningdek, universitetda talabalar hamda izlanuvchilar uchun barcha sharoitlar mavjudligi, eng so’nggi biotexnologiyalarga asoslangan laboratoriyalarda magistr va doktorantlar izlanishlar olib borayotganliklariga guvoh bo'ldilar. Farg'ona davlat universiteti vakillari dunyo reytingida Top 1000 talikka kiruvchi Javaharlal Neru universitetiga tashrif buyurdilar. Dastlab mehmonlarni Chet tillari fakulteti dekani kutib oldi va universitet rahbariyati bilan birga hamkorlik aloqalari doirasida suhbat qurdilar. FarDUning professor-o'qituvchilardan iborat jamoa a’zolari dunyo reytingida yuqori o’rinda turuvchi oliy ta’lim muassasasi Jamiya Milliya Islamiya universitetida bo’ldilar. Dastlab universitetning Tillar va gumanitar fakulteti bilan yaqindan tanishdilar.